16:50 / 06.05.2020
2 388

“Salom Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasidagi gumanitar yordam Sirdaryoga yetib bordi

“Salom Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasidagi gumanitar yordam Sirdaryoga yetib bordi
Kecha, 5 may kuni Adliya vazirligi va “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida jabr ko‘rganlarga ko‘maklashish maqsadida e’lon qilingan “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasida to‘plangan navbatdagi gumanitar yuklar Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Mazkur xayriyalar joriy yilning 3–5 may kunlari davomida Toshkent shahrida tashkil etilgan qabul punktiga faol fuqarolar, O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi (UTID), OOO “BEVERLee Business” kompaniyasi, Shodiyev fondi va bir qancha saxovatpesha tadbirkorlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Qizil yarim oy jamiyati tomonidan taqdim etildi. Xususan, mingdan ziyod odamga mo‘ljallangan bolalar va kattalar kiyimlari, sochiqlar, ko‘rpa-to‘shak va yostiqlar, oyoq kiyim, idish-tovoq, gigiyena vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlari olib kelindi.

Shuningdek, aksiya doirasida maxsus ochilgan hisob raqamga 100 milliondan ortiq mablag‘ kelib tushdi. Ushbu mablag‘lar talofat ko‘rgan sardobaliklarga o‘zlari bilan bevosita maslahatlashgan holda, ularning turmushini yaxshilash uchun zarur mahsulotlarga yo‘naltiriladi.

Bugun xayriya aksiyasiga o‘zining beminnat hissasini qo‘shishga oshiqqan saxovatpesha yurtdoshlarimiz, tadbirkorlarimiz xalqimizga xos odamgarchilik, bag‘rikenglik, hamjihatlilik kabi fazilatlarni yana bir bor namoyon etdi.

Barcha xayriyalar ko‘ngillilar tomonidan saralanib, 10 dan ziyod yuk mashinalariga joylandi hamda Sardobadagi talofatdan jabr ko‘rgan xalqimizga yetkazildi.

Odamlar shunday og‘ir kunlarda ularga yelkadosh bo‘lib, xalqimiz ular bilan birga ekanlarini anglatayotganlari, beminnat ko‘mak berib dalda bo‘layotganliklaridan xursand ekanliklarini mamnuniyat bilan ta’kidlashdi.

Bugun aksiyada ishtirok etgan saxiy va saxovatli xalqimizning chinakam bag‘rikeng faol ko‘ngillilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Salom Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasidagi gumanitar yordam Sirdaryoga yetib bordi