06:30 / 07.05.2020
2 489

BMT boshqa davlatlarni O‘zbekistondan o‘rnak olishga chaqirmoqda

BMT boshqa davlatlarni O‘zbekistondan o‘rnak olishga chaqirmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti yurtimizdagi fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 13 martda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunini olqishladi va boshqa davlatlarni ham O‘zbekistondan o‘rnak olishga chaqirdi.

Bu haqda BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissarligi idorasining rasmiy vakili Shabiya Mantu “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, hujjatda “yashash guvohnomasi”, “chet davlat fuqarosi”, “O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi”, “fuqaroligi bo‘lmagan shaxs” va boshqa tushunchalar belgilab qo‘yildi.

Natijada 1995 yilgacha mamlakatga kelgan va fuqaroligi bo‘lmagan respublikamizning 50 mingga yaqin fuqarosi avtomatik ravishda O‘zbekiston fuqarolari deb tan olindi.
O‘zbekistonning qadamini “juda kutilgan” deb hisoblayotgan Shabiya Mantu endi boshqa mamlakatlar ham bu namunaga taqlid qilishiga umid qilmoqda.

Muammo osonlikcha hal qilinadi, ammo buning uchun siyosiy iroda kerak”, deydi Mantu.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 12 million nafarga yaqin odam biron bir mamlakat fuqarosi deb tan olinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BMT boshqa davlatlarni O‘zbekistondan o‘rnak olishga chaqirmoqda