
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 7 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2298 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.
6 may kuni jami 26ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 76 kishi tuzalgandi.
Bugun jami 65ta yangi holat qayd etildi, 79 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1656 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 634 nafar bemor davolanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar