06:00 / 09.05.2020
4 588

Qonliko‘lda noyob hayvon paydo bo‘ldi

Qonliko‘lda noyob hayvon paydo bo‘ldi
6 may, chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida g‘aroyib jonivor paydo bo‘ldi. Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish​ qo‘mitasi inspeksiyasi xodimlari voqea joyiga borib o‘rganishganda, ushbu noyob hayvon Qizil kitobga kiritilgan olakuzan ekanligi aniqlandi.

Jonivor tumandagi “Jana-qala“ ovulida yashovchi B.Jeksenbayevning xonadonga kelib qolgan.
Oxirgi yillarda yerlarning o‘zlashtirilishi natijasida olakuzan keskin kamayib ketgan. Hozir mamlakatimizda taxminan besh mingtachasi saqlanib qolgan. Qizilqum va Zarafshon qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi. Ushbu jonzod Nukus hayvonot bog‘iga topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qonliko‘lda noyob hayvon paydo bo‘ldi