
«Sardoba» suv omborida yuz bergan falokat oqibatlarini bartaraf etish oson kechayotgani yo‘q. Ayniqsa, milliy gvardiya xodimlari uchun bu jiddiy sinov bo‘ldi.
Milliy gvardiyaning uch xodimini suv oqizib ketgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Milliy gvardiya Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi rahbari To‘lqin Qodirov ushbu noxush hodisa tafsilotlarini bayon qildi.
Uning qayd etishicha, xodimlarning biri voqea joyidan 15 kilometr uzoqlikdan sog‘-omon topilgan. Afsuski, ikkinchi xodimning jasadi uch kun o‘tib topilgan bo‘lsa, uchinchi xodim hamon qidirilmoqda.
Umuman olganda, O‘zbekistondagi karantin vaqtida, Buxoro va Sirdaryodagi ofatlar kelgan bir paytda hukumat va xalq birlashib, yakdil millat nomini oqlamoqda.
Albatta, bunda ichki ishlar, milliy gvardiya tizimidagi xodimlarning xizmatlarini e’tirof etmasak bo‘lmas. Ayniqsa, Sardoba suv toshqinida aholini qutqaraman deb halok bo‘lgan gvardiyachilarning bu xizmati unutilmaydi.
Quyidagi videolavhada mana shunday sinovli kunlarda Milliy gvardiya tunu kun qanday ish olib borayotganini ko‘rish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar