23:16 / 10.05.2020
2 681

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2418taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2418taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 7 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 10 may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2418 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

14 apreldan beri yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘layotgandi. 9 may kuni jami 24ta yangi holat qayd etilib, 71 nafar bemor tuzalgandi. Bugun jami 69ta yangi holat aniqlanib, 35 bemor tuzaldi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1881 nafarni tashkil etmoqda, ayni vaqtda shifoxonalarda 527 bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2418taga yetdi