
Illustrativ foto
Andijon viloyat transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.A. pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan fuqaro K.K.ning murojaatiga asosan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
«Andijon viloyat transport boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i M.A. fuqaro K.ning maxsus ruxsatnomasiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatib kelayotgani holati bo‘yicha jarima maydonchasiga qo‘yilgan «Neksiya» rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish hamda holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 1 mln so‘mni fuqaro M.Sh. orqali pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan», – deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijon ViloyatTransport BoshqarmasiPora OlishJinoyat KodeksiTergov HarakatlariFuqaro M.Sh O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar