date
views 2 871

Buxorodagi ko‘pqavatli uyda tuvaklarda giyohvand o‘simliklar yetishtirilgan

Buxorodagi ko‘pqavatli uyda tuvaklarda giyohvand o‘simliklar yetishtirilgan
Buxoro shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Sh.Z. o‘z yashash uyida 2 dona sariq va 1 dona jigar rangli plastmassa gultuvaklarda hamda bir dona tepa qismi qirqilgan suv idishi (baklajka) da tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 4 tup “kanop” o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

U 9 may kuni soat 13:40 larda Buxoro viloyati va Buxoro shahar IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Z. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi ko‘pqavatli uyda tuvaklarda giyohvand o‘simliklar yetishtirilgan