22:52 / 11.05.2020
2 986

«Bilayn» kompaniyasining 91 nafar xodimi karantinga joylashtirilgan

«Bilayn» kompaniyasining 91 nafar xodimi karantinga joylashtirilgan
Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida 2020 yil 11 may soat 20:00 holatiga ko‘ra axborot berildi. Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq karantin poligonida 6384 nafar, «Umid Gulshani» oromgoxida 44 nafar, jami 6428 nafar fuqaro statsionar karantinga olingan.

Zangiota tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida 65 nafar, Quyi Chirchiq tumani tug‘ruq kompleksida 33 nafar, Parkent TTBda 202 nafar, Yangiyo‘l TTBda 150 nafar, Zangiota TTBda 225 nafar, Quyi Chirchiq TTBda 441 nafar, jami 1116 nafar fuqaro karantinga olingan.

Viloyatda jami 7544 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan. Uy sharoitida 6520 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, bundan xonadonlar soni 1203 ta, oilalar soni esa 1297 tani tashkil etadi.

Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarodan 207 nafarida koronavirus kasalligi tasdiqlangan bo‘lib, 128 nafar fuqaro sog‘ayib tibbiy reabilitatsiya markazlariga va yashash manzillariga yuborildi.

Safarbar etilgan tibbiyot xodimlari soni viloyat bo‘yicha: 203 nafar terapevt, 122 nafar reanimatolog, 82 nafar infeksionist, 132 nafar epidemiolog, jami 539 nafar shifokor, 4246 ta o‘rta va kichik tibbiy xodimlarini tashkil etadi.

Amalga oshirilgan ishlar:
- Yuqori Chirchiq karantin poligonida COVID-19 aniqlangan 4 nafar fuqaro davolash muassasalariga o‘tkazildi.
- G‘isht ko‘prik chegara postidan o‘tgan 218 nafar fuqarodan 214 nafari Yuqori Chirchiq karantin poligoniga, 3 nafari Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.
- Tez tibbiy yordam avtomashinalarida 34 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.
- 91 nafar «Bilayn» kompaniyasi ishchilari Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.
- Parkent tumanidan uy karantinida bo‘lgan 45 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.
- Seul – Toshkent Charter reysidan 127 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.
- Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 1 nafar bemorda COVID-19 aniqlanligi sababli Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazildi.
- Piskent tumanidan 10 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy xodimlar Yuqori Chirchiq karantin poligoniga safarbar qilindi.
- Yangiyo‘l shahar dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan 220 nafar fuqarodan COVID-19ga analiz olindi.
- Quyi Chirchiq TTBdan 1 nafar fuqaro Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.
- Yuqori Chirchiq hamda O‘rta Chirchiq tumanidan nevropatolog, travmatolog, kardiolog, ginekolog, gastroenterolog Yuqori Chirchiq karantin poligoniga fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborildi.

Bilayn karantin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)