date
views 2 629

Boysunda nima gap? Eski va yangi bozor mashmasasiga hokimlik munosabat bildirdi

Boysunda nima gap? Eski va yangi bozor mashmasasiga hokimlik munosabat bildirdi
12 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi oziq-ovqat va dehqon bozori (xalq tilida Tuz bozor) buzilmoqda, savdogarlar hali sharoiti yo‘q yangi bozorga majburlab ko‘chirtirilmoqda, degan mazmundagi video tasvirlar tarqaldi. Hatto eski bozorni tuman hokimi buzdirirayotgani, yangi bozorni xususiy tadbirkor qurdirgani va u hokim bilan "til biriktirgan" bo‘lishi mumkinligi aytildi.

Ushbu video va gap-so‘zlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
"Boysun tumanining “Mustaqillik” mahallasi hududidan “Dehqon (oziq-ovqat) bozori” uchun 1,67 gektar yer maydoni ajratilib, bu yerda zamonaviy talablarga muvofiq savdo xizmati ko‘rsatish uchun barcha sharoitlarga ega savdo majmuasi qurib bitkazilgan.

Shu sababli, “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan eski dehqon bozorida savdo-sotiq qilib kelayotgan sotuvchilarga o‘z faoliyatlarini ushbu yangi bozorda davom etirish to‘g‘risida ogohlantirilib kelinmoqda.

Ammo ushbu videoda noto‘g‘ri talqin qilinganidek, eski bozorga kiraverishdagi chorrahada turgan buldozer bu bozorni buzish uchun emas, balki “O‘zbektelekom” AK viloyat filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi tomonidan A.Navoiy nomli hamda “Istiqlol” ko‘chalari bo‘ylab xalqaro optik tolali aloqa kabelini yotqizish maqsadida bu ko‘chada qazish ishlarini bajarish uchungina kiritilgan. Qolaversa, ushbu ko‘chalarda transport qatnovining vaqtincha cheklanishi bu yerda ishlayotgan ishchi-xodimlarning faoliyat xavsizligini ta’minlash uchun qilingan.

Ushbu holat fuqarolarda tushunmovchilikni keltirib chiqarganligi sababli, tuman hokimligi va boshqa aloqador soha xodimlari bu yerda bo‘lib, vaziyatni ularga to‘g‘ri tushintirishgan. Hozirda mazkur anglashilmovchilik bilan bog‘liq muammo yo‘q. Bu ko‘chalarda xalqaro optik tolali aloqa kabelini yotqizish ishlari o‘rnatilgan tartibda davom ettiriladi", deyiladi izohda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boysunda nima gap? Eski va yangi bozor mashmasasiga hokimlik munosabat bildirdi