19:17 / 13.05.2020
2 216

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2600ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2600ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 13 may soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2596 (+28) nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun kun davomida 49ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi. Ularning 22 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda.
Shu vaqtgacha jami 2055 kishi tuzalgan, 531 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

«Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2600ga yaqinlashdi