2 314
Qirg‘izistondagi bolalar onkologiya markazi koronavirus infeksiyasi o‘chog‘iga aylanganligi aniqlandi
Sakkiz nafar bola, uch nafar ota-ona, ikki hamshira va bir shifokor kasallikka chalingan.
Qirg‘izistondagi onkologiya va gematologiya milliy markazi bolalar bo‘limida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 14ta holat aniqlandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenbayevning ma’lumot berishicha, sakkiz nafar bola, uch nafar ota-ona, ikki hamshira va bir shifokor kasallikka chalingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘limda 120 kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan, kasallik tarqatgan manba aniqlangan.
Markaz bosh shifokori Ernest Tilekov kasallik aniqlanmagan bolalar va shifokorlar boshqa qavatlarga ko‘chirilganini aytdi.
20 may kuni statsionarda nabirasini olib yotgan va yaqinda kasalxonani tark etgan ayol koronavirusga chalingani aniqlangandi.
Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 1313 nafarga yetgan, 14 kishi vafot etgan, 929 kishi sog‘aygan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi