date
views 5 084

Sherobodda qovun pishdi (foto)

Sherobodda qovun pishdi (foto)
Sherobod tumanidagi “Sherobod Agro Impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bu yil 25 gektar yer maydonida qovunning Gollandiyadan olib kelingan mazain va dakara navi ekilib, parvarishlandi. Yuqori agrotexnik tadbirlar natijasida ayni paytda tilimi tilyorar va xaridorgir qovunlar pishib yetildi.

Buning natijasida ertapishar qovunlar xalqimiz dasturxoniga taqdim etilmoqda. Shu bilan birga yetishtirilgan bu tur mahsulotning bir qismi eksportga yo‘naltiriladi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Samadov hamda Sherobod tumani hokimi Alisher Amirov qovun yetishtirilgan paykallarda bo‘lib, dehqonchilikda o‘zlashtirilayotgan istiqbolli loyiha samaralari bilan tanishishdi. Aytish joizki, kelgusida tumanda ertapishar quvun yetishtiradigan maydonlarni kengaytirish, nafaqat ichki bozor, balki eksport hajmini oshirish ham ko‘zda tutilgan.


Ilhom Rahmatov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherobodda qovun pishdi (foto)