12:28 / 22.05.2020
3 617

Avtomashinadan ulush taqsimlandi

Avtomashinadan ulush taqsimlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 27.01.2020 yildagi qarzdor U.Kurganovdan, undiruvchi Sh.Kurganova foydasiga nikoh paytida birgalikda olingan avtotransport vositasining ajrimdagi er-xotin o‘rtasida 1/2 qism ulush taqsimlanib, jami 15 mln. 689 ming so‘m, ya’ni 1 ulushini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 26 mart kuni kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilib avtotransport vositasiga ta’qiq qo‘yilib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor fuqaro ogohlantirilgan.

Qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro xarakatlariga kirishilib 2020 yil 21 may kuni davlat ijrochisi B.Matmuratov tomonidan qarzdordan yuqorida ko‘rsatilgan qarzdorlik summasi undiruvchi foydasiga to‘liq undirildi va ijro ishi shu kuni "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida" gi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomashinadan ulush taqsimlandi