2020 yil 22 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining raisi F.Qahorov boshchiligida Konimex tumanida 2 nafar mahkumga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Sud tomonidan, 2 nafar mahkum muqaddam jinoyat sodir etib, jazoni o‘tash mobaynida sodir etgan jinoyatlarini mohiyatini tushunib yetganligi, tuzalish yo‘liga kirib, ijtimoiy mehnatga nisbatan bo‘lgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgarganligi, intizomiy jazoga tortilmaganligi, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarib, ijobiy tavsifnomaga ega va mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi inobatga olinib, shuningdek umuminsoniy prinsiplarga asoslanib, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Jumladan, mahkum Bekmuratov G‘abit Tajibayevich 2018 yil 28 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya’ni chegara nazorati maskanlari orqali o‘tmasdan, aylanma yo‘llar orqali noqonuniy ravishda Qozog‘iston Respublikasi hududidiga kirib chiqqanligi sababli aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, oylik ish haqining 30 %ini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Sudda mahkum G‘.Bekmurodov qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini, tuzalish yo‘liga o‘tganligini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi