Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Xorazm viloyat davlat soliq inspeksiyasining 18.05.2020 yildagi 29795-sonli qaroriga asosan qarzdor “XORAZM PAXTA URUG`CHILIGI” MCHJdan 707.878,9 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 21.05.2020 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qonunda belgilangan tartibda taraflarga yuborilgan.
Ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “XORAZM PAXTA URUG`CHILIGI” MCHJning “XORAZM TEX” MCHJdan debitor qarzdorligi mavjudligi aniqlangan va 20.05.2020 yilda davlat ijrochisi tomonidan undiruvni qarzdor yuridik shaxsning debitorlik karziga qaratish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdor “XORAZM PAXTA URUG`CHILIGI” MCHJning debitor qarzdori bo‘lgan “XORAZM TEX” MCHJNING ATB “Agrobank” Xonqa tuman filialidagi tegishli hisob raqamiga band solingan va inkasso topshiriqnomasi ko‘yilgan.
Joriy yilning 22 may kuni “XORAZM TEX” MCHJ hisob raqamidan 707.878,9 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i bo‘lim depozitiga undirilib, undirilgan pul mablag‘i shu kunning o‘zida davlat budjetiga o‘tkazilishi ta’minlandi va ijro hujjati to‘liq tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin