22:34 / 27.05.2020
1 843

“Ko‘kdumaloq-Gaz” qo‘shma korxonasidan salkam 17 mlrd so‘m qarzdorlik undirildi

“Ko‘kdumaloq-Gaz” qo‘shma korxonasidan salkam 17 mlrd so‘m qarzdorlik undirildi
Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 13.02.2020 yildagi ijro varaqalariga asosan qarzdor “Ko‘kdumaloq-Gaz” qo‘shma korxonasidan undiruvchi davlat soliq inspeksiyasi foydasiga soliq qarzlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari doirasida qarzdorning “Konchilar” mahallasi hududidagi ma’muriy binosi, 110 turdagi ofis va dizayn ashyolari hamda 2 dona “Lacetti”, “Ladapickup” yengil avtotransport vositalari xatlovga olingan va baholash choralari ko‘rilmoqda.
Joriy yilning 27 may kuni qarzdordan 500 mln 725 ming so‘m, bir necha kun oldin esa 16 mlrd. 147 mln. 562 ming so‘m undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ko‘kdumaloq-Gaz” qo‘shma korxonasidan salkam 17 mlrd so‘m qarzdorlik undirildi