Foto: Payariq tumani hokimligi
Samarqand viloyatining «qizil» hududlari qatoriga kiritilgan Payariq tumanida koronavirus yuqtirganlar haqida ma’lumot berildi. Tuman hokimligining telegram-kanalida Covid-19 yuqtirgan fuqarolar haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, tumanda 28 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 11 nafari tibbiyot xodimlari. Shuningdek, payariqliklar orasida 4 nafardan uy bekasi va nafaqaxo‘r, 3 nafar mavsumiy ishchi, 2 nafar maktab o‘quvchisi, 1 nafardan tadbirkor, haydovchi, IIB xodimi va tuman gaz ta’minoti idorasi xodimi koronavirus yuqtirib olgan.
«Yuqoridagi holatdan kelib chiqib barcha fuqorolarimizni qonunlarga itoatkorlikni oshirishga, bir yoqadan bosh chiqarib, bu baloning oqibatini rivojlangan davlatlardagi holatlardan anglab, xulosa qilishga chaqiramiz», deyilgan Payariq tuman hokimligi bayonotida.
Ma’lumot uchun, Payariq tumani Samarqand shahri, Toyloq, Urgut, Past Darg‘om, Oqdaryo, Ishtixon va Samarqand tumanlari bilan bir qatorda viloyatning «qizil» hududlaridan bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi