3 599
Vazirlik Toshkent shahrida epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi «O‘rikzor» savdo majmuasi sotuvchisining o‘g‘li va qizida ham koronavirus aniqlangani haqida ma’lumot berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilayotgan kasallanish holatlari soni ko‘payayotganini ma’lum qilib, hududda epidemiya yana avj olishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«So‘nggi kunlarda Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari qatori Toshkent shahridan ham aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni kun sayin oshib bormoqda. Kasallanish ko‘rsatkichlari shu tempda o‘sib borsa epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayadi. Bu esa aholidan yanada hushyor bo‘lib, o‘zi va yaqinlari salomatligiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishlarini talab etmoqda.
Jumladan, bugun, hozirga qadar poytaxtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan 11 nafar fuqaroning barchasi aholi orasidan kasallikni yuqtirib olgan. Misol uchun, bir necha kun oldin «O‘rikzor» savdo majmuasi sotuvchisi koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Endilikda uning o‘g‘li va qizida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Ayni vaziyatdan ma’lum bo‘ladiki, har bir fuqaro, avvalo, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlari lozim. Zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqib, uyga kelganingizda ham qo‘lingizni sovunlab, qayta-qayta yuving. Qo‘l berib salomlashish, quchoq ochib ko‘rishishdan tiyilish lozim. Eng muhimi, ijtimoiy masofani saqlang, jamoat va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq yuring, doimo tibbiy niqob taqib yurishni unutmang. Aks holda nafaqat o‘zingiz, balki oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz sog‘ligini ham jiddiy xavf ostida qoldirishingiz mumkin», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Ayni vaqtda mamlakatdagi shifoxonalarda 726 bemor davolanmoqda. Bemorlarning 7 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi