13:43 / 02.06.2020
2 671

Navoiyda yer ostida yetishtirilayotgan 67 tup «kannabis» topildi

Navoiyda yer ostida yetishtirilayotgan 67 tup «kannabis» topildi
Foto: IIB axborot xizmati
Navoiy viloyati IIB, viloyat DXX boshqarmasi hamda Navoiy shahar IIB xodimlari hamkorligida “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

Unda, 1975 yil Karmana tumanida tug‘ilgan, hozirda Karmana tumani “Arg‘un” MFYda yashovchi Q.R. Navoiy shahri, “Kimyogar” MFYda joylashgan “Navoiyazot” AJga qarashli korxonaning orqa tomonidagi chuqurlikka 67 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirayotganligi aniqlandi.

Navoiy shahar IIB tomonidan fuqaro Q.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bildirilishicha, ayblanuvchi Q.R. chuqurlikda yetishtirib kelayotgan tarkibida giyohvand moddasi bo‘lgan o‘simliklarini tunda parvarishlab kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda yer ostida yetishtirilayotgan 67 tup «kannabis» topildi