13:47 / 03.06.2020
4 033

Qashqadaryoda qo‘l siqib so‘rashish pichoqbozlikka olib keldi

Qashqadaryoda qo‘l siqib so‘rashish pichoqbozlikka olib keldi
2020 yilning 28 may kuniga o‘tar kechasi soat 03:00da 33 yoshli R.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasida jiyani, 22 yoshli U.Sh. va tanishlari, 26 yoshli P.Sh., 25 yoshli Sh.Q. va 26 yoshli I.S.ni yashash uyiga tashlab ketish uchun Qashqadaryo viloyati Koson tumani Obod ko‘chasida avtomashinani to‘xtatgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarigako‘ra, R.N. ular bilan xayrlashayotgan vaqtida, ularning ortidan o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan, 20 yoshli O.D. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2106” rusumli avtomashinasida o‘zining tanishlari 22 yoshli I.X., 21 yoshli O.R., 19 yoshli B.N. va 22 yoshli D.F. bilan birga kelib, o‘zaro bir-birlari bilan salom-alik qilayotgan vaqtida Sh.Q. O.D.ning qo‘lini siqib ko‘rishib, hech bir sababsiz, biqin sohasiga bir mushti bilan urganligi sababli, O.D. o‘z navbatida mushti bilan Sh.Q.ning yuz qismiga bir musht urib yiqitgan.

Ushbu holatdan so‘ng, yiqilgan Sh.Q.ning tanishi, mast holatda bo‘lgan I.S. Sh.Q.ni urib yiqitgan O.D.ning mast holatdagi tanishi I.X. bilan o‘zaro janjallashib qolib, natijada I.X. yonida olib yurgan oshxona pichog‘i bilan I.S.ning chap tomon yelka orqa sohasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, I.S. tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuz bergan vaqtda shu yerda bo‘lgan barcha shaxslar bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda qo‘l siqib so‘rashish pichoqbozlikka olib keldi