Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Andijon tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlar F.U. va S.T.larning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Departament matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tekshiruvda Andijon tuman DSI tahlil va prognozlash bo‘limi boshlig‘i J.Q. qonunbuzilish holatlarini sodir etgani aniqlangan.
«Xususan, bo‘limi boshlig‘i J.Q. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-raqamiga to‘langan deklaratsiya solig‘idan mavjud ortiqcha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan soxta xulosalarni tuzib, ushbu pul mablag‘lari hisobidan qarindoshi U.Q. va tuman DSI xodimi R.O.ning nomlariga ochilgan plastik kartalarga 236,2 mln so‘mni tushirib, shundan 129,5 mln so‘mini fuqarolarga qaytarib, qolgan 106,7 mln so‘mini ehtiyojlari uchun sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan», – deyiladi press-relizda.
Holat yuzasidan J.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi