O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 3-moddasida, mazkur kodeksning prinsiplari qayd qilingan bo‘lib, jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanishini, 7-moddasida insonparvarlik prinsipi o‘z aksini topgan bo‘lib, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.
Sudlar birinchi navbatda xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilish uchun qonunchiligimizda belgilab qo‘yilgan insonparvarlik pritsipiga tayanmoqda. Xalqimizning azaliy kechirimlilik va mehr-muruvvat ko‘rsatish fazilatlari amalda qo‘llanmoqda.
Joriy yilning 2 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipi qo‘llandi.
Navbahor tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhida hisobda turib, sud hukmi bilan tayinlangan jazolarni o‘tab turgan, o‘z qilmishini anglab yetgan, ijobiy tavsifnomaga ega hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan bir necha mahkumlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) talabi asosida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.
Asosiy maqsad inson huquq va erkinliklarini amalda ta’minlash ekanligini yodda tutishimiz kerak.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi