Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 30 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 6 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4094 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 19 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolari orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, yana 3 nafari Andijon viloyatida (1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari Qirg‘iziston Respublikasidan chegara post orqali kelgan), 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatida ishlovchi qozog‘istonlik fuqaroda aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 87ta yangi holat qayd etildi, 1 kishi vafot etdi, Toshkentda 21 bemor sog‘aydi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3268 nafarga yetdi.
Shifoxonalarda 809 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi