08:57 / 07.06.2020
2 907

Karantinda ishsiz qolib, qahrini ayoliga sochgan er 15 sutkaga qamaldi...

Karantinda ishsiz qolib, qahrini ayoliga sochgan er 15 sutkaga qamaldi...
Ichki ishlar organlariga Shayxontohur tumanida yashovchi M.B. murojaat qilib, uy zo‘ravonligiga duch kelganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i E.B. karantinda ishsiz qolib, qahrini ayoli va farzandlariga sochgan.

Mazkur murojaat Shayxontohur tumani IIO FMB 4-son IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor tomonidan o‘rganilib, “Taxtapul” mahallasi faollari bilan birgalikda tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida ayol xabar bergan ma’lumotlar tasdiqlandi. E.B. bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Ayolga esa himoya orderi berildi. Tomonlarga ushbu hujjat ayolga qanday huquq berishi, erkakka qanday mas’uliyat yuklatilishi va ayol qayta murojaat qilgan taqdirda, erini nima kutishi tushuntirildi.

Ma’lum vaqt o‘tgach, himoya orderiga ega ayol Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor mayorga qayta murojaat qildi. Bunga sabab - eri uni yana haqoratlab, jismoniy kuch qo‘llagan.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor va hududiy profilaktika inspektori tezkorlik bilan murojaat bo‘yicha chora ko‘rishdi. To‘plangan ma’lumotlar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudga topshirildi.

27 may kuni himoya orderi bilan belgilangan cheklovlarni buzganligi uchun Shayxontohur tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi E.B.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194 moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq hamda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima belgiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinda ishsiz qolib, qahrini ayoliga sochgan er 15 sutkaga qamaldi...