
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugun berilgan so‘nggi ma’lumotda koronavirus aniqlanganlar orasida «Ravnaqbank» XATB xodimining ham borligi ma’lum qilingandi. Bank ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.
«2020 yilning 8 iyunida, dushanba kuni, soat 10:00da bizning bankimiz xodimida COVID-19 koronavirus infeksiyasi mavjudligi shubha qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda xodimimiz tibbiy nazorat ostida va bankning boshqa barcha xodimlari ham koronavirus infeksiyasiga tekshirilmoqda.
Holatlar va tekshiruv natijalari aniqlanmaguncha, bank vaqtincha mijozlarni qabul qilishni to‘xtatadi, ammo o‘z ishimizi onlayn ravishda davom ettiramiz.
Ushbu holat bizning bankimiz faoliyatiga ta’sir etmasligiga aminmiz va tez orada karantin talablariga rioya qilgan holda bankimiz xizmat ko‘rsatishda davom etadi» — deyiladi bank bayonotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar