20:51 / 09.06.2020
2 925

Toshkentda «Isuzu» va «Kamaz» o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Toshkentda «Isuzu» va «Kamaz» o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
Bugun, 9 iyun kuni soat 14:00 lar atrofida poytaxtning Olmazor tumanida Qoraqamish va Beshqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida «Isuzu» rusumli avtobus hamda «Kamaz» yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

«Toshshahartransxizmat» AJ mutasaddilari voqea joyiga chiqib holatni o‘rgandilar. Dastlabki xulosalarga ko‘ra 18-avtobus saroyi tasarrufidagi 31- yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi K.N boshqaruvda mo‘ljalni to‘g‘ri ololmay, chorrahada to‘xtab turgan «Kamaz» avtomobilining orqa chap burchagiga urilgan.

Xodisa natijasida haydovchi va chiptachi jarohatlangan. Ularga shifoxonada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar yo‘q.
Avtobusga texnik shikast yetgan. Voqea tafsilotlari yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan batafsil o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Isuzu» va «Kamaz» o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi