2 763
Shavkat Mirziyoyev 24 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishi ma’lum qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya 24 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga tashrif buyurish bo‘yicha Qozog‘iston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Serbiya va Xorvatiyadan tasdiq javobini olgan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
Xabar berilishicha, jurnalistlar Peskovdan Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirokini kimlar tasdiqlaganini so‘ragan.
Bunga javoban Peskov dastlabki ro‘yxat borligini, ayni paytda bu masalada ish olib borilayotganini bildirgan.
«Biz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistondan tasdiq javobi oldik, shuningdek, Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiyadan ham tasdiq bor», — deya ma’lum qilgan Peskov.
Shuningdek, Peskov bir qator davlatlar rahbarlari taklifnoma olgani, Rossiya ulardan tasdiq kutayotganini aytgan.
Avvalroq Vladimir Putin Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgani va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon paradda ishtirok etishini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sabab 9 mayda o‘tishi lozim bo‘lgan G‘alaba paradining o‘tkazilishini kechiktirgan, biroq tadbirlarning qaysi sanada o‘tishiga aniqlik kiritmagandi. Keyinroq Putin paradning 24 iyun kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi