11:55 / 12.06.2020
2 263

Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urildi

Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urildi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
11 iyun kuni tunda Qamchiq dovoni Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 261 kilometrida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Qayd etilishicha, 42 yoshli farg‘onalik haydovchi boshqaruvidagi Damas Toshkent tomon harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan. Avtohalokatga Damas haydovchisining uxlab qolgani sabab bo‘lgan. Avariya oqibatida yengil mashina haydovchisi salonda tiqilib qolgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro mashina salonidan chiqarib olingan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborilgan. FVV xabariga ko‘ra, haydovchi jiddiy jarohat olmagan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urildi