18:48 / 14.06.2020
3 961

O‘zbekistonda karantin choralari 1 avgustgacha saqlab qolinadi

O‘zbekistonda karantin choralari 1 avgustgacha saqlab qolinadi
O‘zbekistonda «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 1 avgustga qadar saqlab qolinadi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 2020 yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Unga ko‘ra, jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talabiga qat’iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.

Endi karantin xarajatini karantin talablarini buzgan qoplaydi.

«Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’ektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va b.) tegishli ob’ektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu ob’ektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur sub’ektlar hisobidan qoplanishi belgilandi», deyiladi maxsus komissiya axborotida.

So‘nggi marta O‘zbekistonda «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 15 iyungacha uzaytirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda umumiy ovqatlanish ob’ektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda karantin choralari 1 avgustgacha saqlab qolinadi