O‘zbekistonda «Online-maktab» telekanalida bugundan boshlab «Onlayn-repetitor» rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov xabar qildi.
Qayd etilishicha, endi mamlakatning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.
“Umrida birinchi bor oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarimizda, albatta, hayajon bosib testni qanday to‘ldirish, o‘zini qanday tutish kabi masalalarda ham xato qilib qo‘yish xavfi yuqori. Shu bilan birgalikda, hammaning ham hozirgi yozgi ta’til vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q”, - deb yozadi Sh. Shermatov.
Vazirning ta’kidlashicha, 15 va 16 iyun kuniga mo‘ljallangan jadvallar rasmiy telegram kanalda e’lon qilindi, keyingi kunlarning dars jadvalini https://t.me/uzedu kanalida kuzatib borish mumkinligi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi