O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 34-39 daraja atrofida bo‘ladi, shimolda, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha isiydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-7 darajaga yuqoridir.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertadan mamlakat hududiga Volgabo‘yi rayonlaridan salqin havo oqimi kira boshlaydi. Bu havo oqimi butun ish haftasi davomidagi ob-havoni belgilaydi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 16-17 iyunda tog‘li hududlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.
16 iyunda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi. Respublikaning qolgan hududlarida issiq ob-havo saqlanib turadi, kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.
17-19 iyunda salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat qulay ko‘rsatkichlargacha pasayadi, kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat me’yorga yaqindir.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertadan mamlakat hududiga Volgabo‘yi rayonlaridan salqin havo oqimi kira boshlaydi. Bu havo oqimi butun ish haftasi davomidagi ob-havoni belgilaydi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 16-17 iyunda tog‘li hududlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.
16 iyunda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi. Respublikaning qolgan hududlarida issiq ob-havo saqlanib turadi, kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.
17-19 iyunda salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat qulay ko‘rsatkichlargacha pasayadi, kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat me’yorga yaqindir.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…