Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 51 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 15 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5154 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 12 nafari aholi orasida va 16 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotdagilar), 7 nafari Buxoro viloyatida (barchasi muloqot orqali yuqtirgan), 10 nafari Xorazm viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasidan, qolgan 9 nafari esa infeksiyaga chalinganlar bilan muloqotdagi fuqarolar orasida ) qayd etilgan.
Kasalligi aniqlangan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan tibbiy muolajalar o‘tkazilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni paytda yurtimizda 3996 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar (77 foiz) sog‘aygan.
Bugun hozircha 74ta yangi holat aniqlandi, 53 nafar bemor ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lishdi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3996 nafarga yetdi.
Shifoxonalarda 1139 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi