
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 35 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 16 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5328 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 4 nafari esa aholi orasida), 2 nafari esa Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 65ta yangi holat aniqlandi, hozirgacha jami 4019 kishi koronavirusdan tuzalgan.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1290 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni SaqlashO‘zbekistonKoronavirusToshkent ShahriYangi HolatlarSamarqand Viloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar