2 900
DTM: hujjat topshirishning ilk kuni 14,5 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
20 iyundan 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Davlat test markazining xabar berishicha, hujjat topshirishning ilk kuni – 20 iyun 18:00 holatiga ko‘ra, 14 524 nafar abituriyent OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan.
Ularning 9 325 nafari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha, 4 933 nafari sirtqi, 266 nafari esa kechki ta’lim shakli bo‘yicha hujjat topshirgan.
OTMlar joylashgan hududlar bo‘yicha topshirilgan hujjatlar soni:
Andijon viloyati – 1546 nafar;
Buxoro viloyati – 590 nafar;
Farg‘ona viloyati – 854 nafar;
Jizzax viloyati – 354 nafar;
Namangan viloyati – 815 nafar;
Navoiy viloyati – 472 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 617 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 360 nafar;
Samarqand viloyati – 1 412 nafar;
Sirdaryo viloyati – 394 nafar;
Surxondaryo viloyati – 792 nafar;
Toshkent shahri va viloyati – 5 979 nafar;
Xorazm viloyati – 339 nafar.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali qabul qilinishi ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi