
Foto: EFE
O‘zbekiston Senati 2020 yil 19 iyun kuni shu vaqtgacha Tashqi ishlar vazirligida bosh boqsharma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Feruza Mahmudovani O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash haqida qaror qabul qildi.
Tashqi ishlar vaziri Ilhom Ne’matov uning nomzodini senatorlarga tanishtirarkan: «Bugun O‘zbekistonning mustaqil diplomatiyasi tarixida ilk bor elchi lavozimiga hurmatli ayollarimiz orasidan nomzod taqdim etildi», dedi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva esa «Feruza Yo‘ldoshevna mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol elchisi sifatida tarixda qoladi», deb ta’kidladi. Lekin bu ta’kidlarni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi — Birinchi Prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2010—2011 yillarda O‘zbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.
U 2010 yil 18 mart kuni Madriddagi Qirollik saroyida qirol Xuan Karlosga ishonch yorliqlarini topshirgan; Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Karimova xonimning elchiligi 2011 yil oktabriga qadar davom etgan. O‘zbekiston Senati va Tashqi ishlar vazirligi Gulnora Karimovani «Mustaqil O‘zbekiston tarixidagi birinchi ayol elchi» deb e’tirof etmasligi sababi ma’lum emas.
Manba: Daryo.uz
O‘zbekiston SenatiTashqi IshlarFeruza MahmudovaElchi LavozimiAyol ElchiIslom Karimov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar