17:45 / 21.06.2020
2 559

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yetti yarim soatda 56 kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yetti yarim soatda 56 kishiga ko‘paydi
O‘zbekistonda 21 iyun soat 17:30 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 kishiga (kun davomida 119 kishiga) ko‘payib, 6272 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining
13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida,
19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida),
10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida),
9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida,
2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida
qayd etilgan.

«Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1876 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi SSV axborotida. Hozirgacha bemorlarning 4377 nafari sog‘aygan, 19 nafari esa vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yetti yarim soatda 56 kishiga ko‘paydi