23:07 / 21.06.2020
2 519

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6300dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6300dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 43 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 21 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6315 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyilgan xabarda.

Bugun jami 162ta holat qayd etildi. Shuningdek, 87 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4377 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1919 bemor davolanmoqda, ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6300dan oshdi