13:53 / 22.06.2020
2 252

Pochta bo‘limi boshlig‘i kommunal to‘lovlarni “cho‘ntakka urdi”

Pochta bo‘limi boshlig‘i kommunal to‘lovlarni “cho‘ntakka urdi”
Navbahorlik Z.H. hali turmushga chiqmagan, halol mehnat qilib, pochta tizimi va el-yurt oldida hurmat qozonadigan davri edi, biroq, uning qo‘lidan birma-bir o‘tadigan pul mablag‘lari unga tinchlik bermadi va nafsining quliga aylandi.

Gap shundaki, Z.H. Navbahor tumanidagi “Qalqon ota” pochta aloqa bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelib, “Qalqon ota” pochta aloqa bo‘limiga biriktirilgan hududlarda yashovchi fuqarolar tomonidan kommunal to‘lovlar uchun to‘langan jami 20.659,6 ming so‘m naqd pullarni hamda aliment pullarini oluvchi fuqarolarga tarqatish uchun pochta aloqa bo‘limi hisobiga kelib tushgan 6.255,3 ming so‘m aliment pullarini jami 26.914,9 ming so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuboradi.

Shuningdek, Z.H. qilmishi fosh bo‘lmasligi uchun, 6.285,3 ming so‘mlik aliment pul mablag‘larini, fuqarolar to‘liq qabul qilib olganliklari haqidagi rasmiy hujjatlarni soxtalashtirib tayyorlab qo‘ygan. Z.H.ning jinoyat ishi 2020 yil 26 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida ko‘rib chiqildi. Z.H. sodir etgan jinoyatini to‘liq tan olib, suddan kechirim so‘radi.

Z.H. tomonidan yetkazilgan zararlar o‘rnini to‘liq qoplangani e’tiborga olinib, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasining 1-qismi va 228-moddasining 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 45 va 59-moddalari qo‘llanib, uzil-kesil 2 (ikki) yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilish va oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 3 (uch) yil axloq tuzatish ishlari jazolari tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pochta bo‘limi boshlig‘i kommunal to‘lovlarni “cho‘ntakka urdi”