3 034
Kattaqo‘rg‘on shahriga kuchli shamol yopirildi: ko‘plab binolar talafot ko‘rgan (foto)
Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
23 iyun kuni soat 17:00 atrofida Kattaqo‘rg‘on shahrida kuchli shamol yopirilgan.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shamol oqibatida shahardagi 6ta tashkilot va korxonaga tegishli ob’ektlarning, shuningdek, 6ta ko‘p qavatli binolarning tom qismi shikastlangan.
Aholi orasida tabiiy ofatdan jabrlanganlar yo‘q.
Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Ayrim hududlarda daraxtlar ham qo‘porilib, avtomobil yo‘liga qulagan. Shuningdek, bir necha simyog‘ochlar qulab, elektr ta’minoti ishdan chiqqani sababli shaharning ayrim hududlarida elektr energiyasi va suv ta’minoti uzilgan.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun uchta favqulodda vaziyatlar bo‘limi ekipaji yetib kelgan. Bir necha soat o‘tib, elektr energiyasi ta’minoti tiklangan. Ichimlik suvi ta’minoti esa 24 iyun kuni ertalabdan tiklanishi e’lon qilingan.
Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Talafot ko‘lamini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan shahar hokimi Gavhar Alimova rahbarligida ishchi guruh zararlangan ob’ektlarga yetib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi