2 404
Bojxonachilar jami 1,1 milliard so‘mlik dori vositalarining noqonuniy sotuviga chek qo‘yishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrida dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro L.H. umumiy qiymati 54,8 million so‘mlik 783 quti «Azaleptol Klozapin» dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Termiz shahrida davom ettirilib, tadbir davomida fuqaro X.X. umumiy qiymati 46,8 million so‘mlik 810 quti «Azaleptol Klozapin» nomli dori vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Shundan so‘ng fuqaro X.X.ning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, ushbu shaxs o‘z xonadonida umumiy qiymati 998,2 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini saqlab kelayotgani aniqlangan.
Yana bir holatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sifati kafolatlanmagan 1500 quti «Ambrobene» va 300 quti «Xilak Forte» dori vositalarini fuqaro Sh.Sh. 53,4 million so‘mga noqonuniy tarzda shartli xaridorga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida jami 1,1 milliard so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
«Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda», deyiladi qo‘mita xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi