Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva jurnalistlar va ijodkorlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan tabrikladi.
“Mamlakatimizda so‘z va fikr erkinligini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilayotgan bugungi kunda sizlarning ta’sirchan so‘zingiz, faol fuqarolik pozitsiyangiz har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki aynan sizlar hayotiy va kasbiy tajribangiz, keng dunyoqarashingiz hamda yurtsevarligingiz bilan barchaga namuna bo‘la oladigan soha xodimlari sanalasizlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ham ommaviy axborot vositalari xodimlarining sharafli mehnatini yuksak baholab, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin tutishida Siz, jurnalistlarning ham o‘rni beqiyos ekanligini alohida e’tirof etadi. O‘ylaymanki, istiqbolda hamkorligimiz yanada mustahkamlanib boraveradi.
Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Jamiyatdagi muammoli va dolzarb masalalarni yuzaga chiqarish, ularning yechimiga keng omma e’tiborini jalb etishdek mas’uliyatli ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. Kasb-koringizga baraka, ishingizga rivoj tilayman”, deyiladi Senat raisi tabrigida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi