Markaziy bank “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berdi.
Qayd etilishicha, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlandi.
Ushbu banklar tomonidan qonun talablariga rioya qilmagan holda, mijozlarning hisobvaraqlariga mablag‘ kiritib qo‘yganlik uchun komissiya to‘lovlari undirilgan, omonat shartnomasi shartlariga bank tomonidan bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, banklarning axborot stendlarida noto‘g‘ri va ahamiyatsiz (dolzarb bo‘lmagan) ma’lumotlar joylashtirilgan, kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit to‘lovlari bo‘yicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.
“Shu munosabat bilan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?