Markaziy bank “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berdi.
Qayd etilishicha, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlandi.
Ushbu banklar tomonidan qonun talablariga rioya qilmagan holda, mijozlarning hisobvaraqlariga mablag‘ kiritib qo‘yganlik uchun komissiya to‘lovlari undirilgan, omonat shartnomasi shartlariga bank tomonidan bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, banklarning axborot stendlarida noto‘g‘ri va ahamiyatsiz (dolzarb bo‘lmagan) ma’lumotlar joylashtirilgan, kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit to‘lovlari bo‘yicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.
“Shu munosabat bilan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi