
Buxoro shahrida 1 iyuldan jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi. Bunga aholi orasida kasallik ortib borayotgani va Buxoro shahri «sariq» hudud toifasiga kiritilgani sabab bo‘lgan.
«Koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yiicha viloyat komissiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, aholi orasida kasallik ortib borayotgani, Buxoro shahri «sariq» hudud toifasiga kiritilgani inobatga olinib, 1 iyuldan noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.
Keyingi 14 kun davomida aholi orasida kasallanish holati qayd etilmasa (oxirgi marta 26 iyun kuni aniqlangan) komissiya qarori bilan jamoat transportlari harakatlanishi va buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
29 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 8031 holat qayd etilgan, shu vaqtgacha 5329 bemor tuzalib chiqqan, 22 kishi vafot etgan.
Buxoro ShahriJamoat TransportlariKoronavirus TarqalishiKasallik OrtishiSariq HududBuyum Bozorlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar