Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 76 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 30 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8298 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
29 iyun kuni 274ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent, Surxondaryo, Buxoro, Namangan va Samarqandda jami 167 kishi sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 5496 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 2778 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti