19:36 / 02.07.2020
2 689

1 milliard so‘mlik avtoshinalarni noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

1 milliard so‘mlik avtoshinalarni noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijiy davlatdan olib kelingan tovarlar o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 1 milliard so‘mlik 2650 dona yengil avtomobil shinalari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ortiqcha aniqlangan shinalar bo‘yicha 373 mln. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 milliard so‘mlik avtoshinalarni noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi