22:51 / 02.07.2020
3 518

Namanganda to‘rt egizak dunyoga keldi

Namanganda to‘rt egizak dunyoga keldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Namanganda 4 nafarli egizak dunyoga kelgani, ularning barchasi o‘g‘il ekani haqida xabar berdi.
«Hayotda shunday mo‘’jizalar ro‘y beradiki, beixtiyor qalbingizni hayrat va quvonch qamrab oladi.
Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Hozirovlar xonadonida bir yo‘la 4 nafarli egizak dunyoga keldi. Ularning otasi Bahodir Hozirov 31 yoshda bo‘lsa, onasi Madina Ikramova 30 yoshda bo‘lib, to‘ylari 2016 yil 26 oktabrda bo‘lgan. Tabiiyki, ota-onaning bu voqeadan quvonchi cheksiz.

Ayolga onalik baxtini hadya etish ham mashaqqatli, ham sharafli. Bu yo‘lda Namangan viloyat perinatal markazida barcha sharoit sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xodimlar fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda
», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-bola 902 gramm, 2-bola 1360 gramm, 3-bola 1701 gramm, 4-bola esa 1400 grammni tashkil etgan.
Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo‘lib, markaz shifokorlari nazoratida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

«Onaga tug‘ruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha barcha zamonaviy yordam ko‘rsatildi. Bolalarni sog‘-salomat ona qo‘liga topshirish maqsadida tajribalar shifokorlarimiz bilan tug‘ruq rejasini tuzib oldik. Tug‘ruq jarayoni uchun barcha zarur hozirlik ko‘rildi. Har bir bolaga to‘liq tibbiy yordam o‘rsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab amaliyot samarali yakuniga yetkazildi», deydi viloyat perinatal markazi direktori Iroda Muhitdinova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda to‘rt egizak dunyoga keldi