2 575
Asakada soxta diplom va’da qilgan kollej hisobchisi 1100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Asakada hamshiralik ishi yo‘nalishida o‘qiganligi haqida diplom olib berishni va’da qilgan kollej hisobchisi 1100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tumani tibbiyot kolleji bosh hisobchisi B.X. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hamshiralik ishi yo‘nalishida o‘qiganligi haqida diplom olib berishni va’da qilgan.
Evaziga oldindan talab qilgan 1100 dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Asaka tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi