15:05 / 04.07.2020
2 589

141 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari oldindan to‘lab berildi

141 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari oldindan to‘lab berildi
Termiz shahrida yashovchi G.Xayitovaning arizasiga asosan Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjati muddatidan oldin tugatildi.

G.Xayitova shu kunga qadar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2018 yil 2 iyuldagi buyrug‘iga asosan voyaga yetmagan
3 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment pullari olib kelardi.

G.Xayitova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan xolda farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullarini to‘liq olishni lozim topti va davlat ijrochisi tomonidan hisoblab berilgan 141 million 249 ming so‘m aliment pullarini olganligi xaqida notarial idoralardan tastiqlatilgandan so‘ng Byuroning Termiz shahar bo‘limi tomonidan yuritilgan mazkur ijro hujjati muddatidan oldin O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalariga asosan tugatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 141 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari oldindan to‘lab berildi